Nefrolog Verner Rigel Germaning “Focus.de ”nashriga buyraklar salomatligini asraydigan eng oddiy tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Qandli diabet, yuqori qon bosimi va siydik tizimidagi infeksiyalar buyraklar salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli shifokor qon bosimi va unda shakar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi. Siydik tizimining kasalliklari og‘riq, tez-tez chiqarish bilan belgi beradi.
Mutaxassis buyraklar uchun 30 daqiqadan kam bo‘lmagan sayr yoki bir kunda 10 000 qadam yurishni tavsiya qilgan. Bu mushaklarni oziq moddalar bilan ta’minlashni yaxshilaydi va metabolizmni tezlashtiradi.
Jumladan, muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ham buyraklar salomatligida juda katta ahamiyatga ega. Shifokor–nefrolog kunlik ratsionga meva-sabzavotlarni qo‘shishni, eng kamida haftada bir marotaba baliq iste’mol qilish va organizmda tuz va oqsillar miqdorini nazorat qilishni tavsiya qildi.
Shuningdek, bir kunda ikki litr suv, mevali choy va bir bokal vino iste’mol qilish ham salomatlik uchun yaxshi samara beradi.