Bu qiziq

Bo‘g‘imlarni himoya qiluvchi ichimlik ma’lum bo‘ldi

Ko‘k choy bo‘g‘imlar salomatligi uchun eng foydali ichimlik hisoblanadi.
Sputnik
Shifokorlar bo‘g‘imlar bilan muammolar paydo bo‘lganda ko‘proq ko‘k choy iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Bu haqida “Doktor Piter” nashri xabar berdi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riqni antioksidantli, yallig‘lanishga qarshi mahsulotlar yordam berishi mumkin. Polifenollarga boy bo‘lgan ko‘k choy aynan unday xususiyatga ega.
Ushbu ichimlik yallig‘lanishni kamaytiradi va kemirchak yomonlashishini oldini oladi. Bundan tashqari, choy tarkibida antioksidant ko‘p. U esa bo‘g‘imlarni shikastlovchi molekulalarni yo‘q qiladi.
Choydan tashqari, bo‘g‘imlar kasalliginini oldini olishda yashil bargli ko‘katlar ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Brokkoli, ismaloq va karamda S, E va K vitaminlari, shuningdek, suyaklarni mustahkamlovchi kalsiy moddasi bor.
Mutaxassislar bunda sabzavotlarni qovurilgani yoki qaynatilgani emas, balki bug‘da dimlangani foydali bo‘lishini ta’kidlashadi.