“Ural Airlines” O‘zbekistonga bo‘lgan barcha parvozlarni yarim yilga bekor qildi

O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiyaning “Ural Airlines” aviakompaniyasi 29-oktabrgacha O‘zbekistonga barcha parvozlarni bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjonga ham parvozlar bekor qilingan. Bunga Yevropa davlatlari havo hududining yopilgani sabab qilib ko‘rsatilgan. Boshqa tushuntirishlar berilmagan.
Avvalroq “Rossiya” aviakompaniyasi 2-maydan boshlab Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urganch shaharlariga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.