Rossiya jami 46ta “Sarmat” jangovar raketa majmuasini quradi - video

Dmitriy Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Roskosmos” 46 ta “Sarmat” strategik jangovar raketa tizimini qurib beradi. Bu haqda uning rahbari Dmitriy Rogozin “Solovyev Live” telekanali efirida ma’lum qildi.

“Kecha men “Sarmat”ning keyingi sinovlarini tashkil etish uchun “Roskosmos” hamkorligining tezkor shtab majlisini o‘tkazdim - men ushbu tezkor shtabga rahbarlik qilaman. Bizda jami 46 ta "Sarmat" strategik jangovar raketa tizimlari bo‘ladi”, dedi u efirda.

Rogozinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda buyurtmachi liniyasi bo‘yicha bir qator sinovlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular bilan operativ shtab shug‘ullanadi. Yangi raketalarni xizmatga kiritish reja asosida amalga oshirilmoqda.
“Hammasi prinsipial ravishda reja bo‘yicha ketmoqda, shuning uchun biz bu yil davomida parvozlarni loyihalash sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, bunga parallel ravishda biz Krasnoyarsk o‘lkasidagi birinchi polkni jihozlash uchun seriyali raketalar ishlab chiqarmoqdamiz — bu Ujur diviziyasi”, deya qo‘shimcha qildi Rogozin.
“Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi V.P.Makeyev nomidagi davlat raketa markazida (“Roskosmos”ning bir qismi) ishlab chiqilgan, ishlab chiqaruvchisi Krasmash zavodi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, MBR RS-28 “Sarmat”ning og‘irligi 10 tonnagacha bo‘lgan "yukni" (masalan - jangovar kallaklar) Shimoliy va Janubiy qutblar orqali dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazishga qodir.
Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Rossiya harbiylari “Sarmat” qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi. Raketa Kamchatkadagi belgilangan nishonni yakson qilgan edi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mazkur ballistik raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi bilan harbiylarni qutlagandi.
“Raketa tizimi Rossiyaning xavfsizligini ta’minlaydi va unga tahdid qilmoqchi bo‘lgan o‘sha haddan oshganlarni o‘ylashga majbur qiladi”, degan edi prezident.