TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Rossiyaning Murmansk viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni, shuningdek, turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Bu haqda 26-aprel kuni Respublika bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov Arktikani rivojlantirish vazirligi va Murmansk gubernatori bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Biz hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, jumladan, turizm, savdo-iqtisodiy hamkorlikni ko‘rib chiqishdan mamnunmiz. Bu yil biz davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlaymiz. Biz uchun Rossiya muhim strategik sherik”, dedi Xayriddinov.
Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis O‘zbekiston delegatsiyasini mintaqada qutlar ekan, hozirda Arktikada ko‘plab o‘zbekistonliklar mehnat qilayotganini ta’kidladi.
“Bizni faol o‘zaro aloqa bog‘lab turadi. Ayniqsa, Murmansk viloyati hududidagi O‘zbekiston fuqarolarining mehnati nuqtayi nazaridan. Bu birinchi navbatda, bizning yirik qurilish loyihalarimizga, masalan, Yirik qurilish markaziga taalluqlidir. O‘zaro aloqalarimiz ancha ijobiy, va samarali”, - dedi viloyat rahbari.
Arktikani rivojlantirish va Murmansk viloyati iqtisodiyot vaziri Tatyana Russkovataqdimot chog‘ida mintaqa O‘zbekistonning ko‘plab faoliyat sohalarida hamkori bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi,chunki Arktikada muzdan xoli chuqur suv porti mavjud.Bundan tashqari, katta mineral zaxiralari, arzon elektr energiyasi, rivojlangan transport infratuzilmasiga ega.
Shuningdek, vazir Murmansk viloyatining yuqori investitsion jozibadorligini, iqtisodiy barqarorligini qayd etdi.
“Oxirgi ikki yil davomida biz Shimoliy-G‘arbiy va Rossiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega mintaqa sifatida yetakchilik qilmoqdamiz. Biz pandemiyadan oldin va pandemiya davrida boshlangan loyihalar reja bo‘yicha borishi, amalga oshirilishi va rivojlanish uchun yaxshi platforma yaratishga barcha sharoitlarni yaratmoqdamiz”, - deya xulosa qildi Russkova.