TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bir yoki ikki oy ichida Moskvada Lugansk va Donesk xalq respublikalarining elchixonalari ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi diplomatik manbaalarga tayangan holda.
“Biz (buni) yaqin kelajakda amalga oshirishga harakat qilamiz, qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yaxshi. Biz muayan ishlarni bajarapmiz”, - degan suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni Rossiya Lugansk va Donesk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgandan so‘ng darhol ular bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Bundan tashqari, har ikki respublika bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.
Farmon oldidan davlat rahbarining rossiyaliklarga katta, dasturiy telemurojaati bo‘lib o‘tdi, unda Putin o‘z qarorini batafsil tushuntirib berdi va Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan vaziyatni muhokama qildi.
“Qon to‘kish, zo‘ravonlik, qonunbuzarlik yo‘liga o‘tganlar Donbassning harbiy qarordan tashqari boshqa hech qanday qarorini tan olishmadi va tan olishmaydi. Shu munosabat bilan men uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan qarorniqabul qilishni zarur deb hisoblayman — zudlik bilan DXR va LXR mustaqilligini tan oling”, dedi o‘sha paytda prezident.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan. Operatsiya maqsadi —“Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya askarlari zarbalarni faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukrainaning jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaydi.