TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘z faoliyatini to‘liq tikladi, deb xabar qilmoqda Tashqi ishlar vazirligi.
"Ma’lum qilamizki, 2022-yil 22-aprel kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi Kiyev shahrida o‘z ish faoliyatini to‘liq tikladi.
Savollar yuzasidan Elchixonaga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilshingiz mumkin: Kiyev shahri, Volodymyrska ko‘chasi, 16, 01901", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 14-mart sanasidan boshlab, Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat tufayli O‘Zbekiston elchixonasi Kiyevdan Lvovga ko‘chirilgan edi. O‘tgan vaqt davomida elchixona tomonidan 6 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari vataniga muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Elchixonaning ushbu faoliyati xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi.