TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Imkon” reabilitatsiya markazigaga A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashrif buyurdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Rukovodstvo RGPU im. Gersena posetilo reabilitatsionniy sentr "Imkon" v Tashkentsko oblasti
Mehmonlar ushbu ixtisoslashgan ta’lim tashkiloti, xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning mutaxassisligi va ta’lim olgan oliygohlari bilan qiziqishdi.
“Bu kabi samimiy muloqotdan maqsad, kelajakda ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar hamda defektolog, logoped kabi mutaxassislarning ko‘lamini kengaytirish bo‘lsa ne ajab”, - deyiladi xabarda.
Mehmonlarning fikricha, O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun, maktabgacha ta’lim tizimidanoq samarali ishlar boshlangan. Bu esa ularni quvontirgan.
Rukovodstvo RGPU im. Gersena posetilo reabilitatsionniy sentr "Imkon" v Tashkentsko oblasti
Ma’lumot uchun, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘ptarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda u yerda 100ga yaqin – nutqida, eshitishida, ko‘rishida, psixik rivojlanishda kechikayotgan, aqli zaif, tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan bolalarda bilan ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda.
Rukovodstvo RGPU im. Gersena posetilo reabilitatsionniy sentr "Imkon" v Tashkentsko oblasti
Ushbu MTTda 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maxsus ehtiyojli bolalar hafta davomida 5 kun, 24 soat davomida shifokorlarning doimiy nazorati ostida sog‘lomlashtirish ishlari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim-tarbiya olmoqda.
O‘zbekistonda bugungi kunda “Imkon” ko‘p tarmoqli reabilitatsiya markazlari Nukus shahri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) va Toshkent viloyatining Qibray tumanida o‘z faoliyatini boshlagan.
Rukovodstvo RGPU im. Gersena posetilo reabilitatsionniy sentr "Imkon" v Tashkentsko oblasti