Bu qiziq

Olimlar qorindagi yog‘ni parchalovchi 6ta mahsulotni ma’lum qildi

Olimlar qorindagi yog‘larni yo‘qotuvchi eng samarali mahsulotlarni ma’lum qildi - OAV
Sputnik
Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish taomga bo‘lgan xohish hissini 60% ga kamaytirishi, shuningdek, metabolizmni yaxshilashi mumkin.
Oqsilga boy parhez tez fursatda vazn yo‘qotishga olib keladi, chunki uni iste’mol qilish ovqatga bo‘lgan ishtiyoqni 60% ga kamatiradi, kamroq ovqatlanishga yordam beradi.
Bunday parhez tarkibiga tovuq go‘shti, tunes baliq go‘shti, tuxum, bodom, qizil yasmiq (chechevitsa) va pishirilgan loviya kiradi. Bu holatda shirin va gazlangan ichimliklardan voz kechish kerak.
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, o‘rtacha jismoniy faollik ham vazn tashlashga yordam beradi. Biroq, qorin bo‘shlig‘i uchun mashqlardan bajarmagan ma’qul, chunki bunda yog‘ birinchi navbatda qo‘llar, boldirlar, bel va ko‘krakdan ketadi.