Vuchich: agar Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiya kiritsya, G‘arb uni taqdirlaydi

Serbiya prezidenti Rossiya 2001-yildan buyon mamlakatga hamisha yordam qo‘lishini cho‘zib kelganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiya kiritmaganligi uchun Serbiyaga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ma’lum qildi.
Serbiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi sanksiya kiritganida, u har qanday mukofotni olgan bo‘lardi, uni bunga qadar avtoritar deb bilganlar “dunyodagi eng buyuk demokrat” deb atay boshlashgan bo‘lishardi.
“Sanksiyalarni qo‘llamayotganimiz bizga qimmatga tushmoqda. Siz o‘ylagandan ham ko‘ra qimmatroq”, - dedi Vuchich Pink.rs telekanali efirida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Serbiya rahbari Rossiya 2001-yildan buyon mamlakatga hamisha yordam qo‘lishini cho‘zib kelganini ta’kidladi.
Avvalroq Vuchich Serbiya Rossiya bilan an’naviy do‘stona va hamkorlik munosabatlarini davom ettirishini ma’lum qilgan edi.
Serbiyada aholi Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda - video