TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida 17-aprel kuni Rossiyada xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi bo‘lib o‘tgan “Sayan yurishi” musobaqada munosib ishtirok etib kelgan harbiylar tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
© Minoboroni Uzbekistana
Bir necha kun davomida Rossiya Federatsiyasi hududida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Rossiya ayollar jamoasi, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Abxaziya va Janubiy Osetiya davlatlaridan, jami 9 ta jamoalar o‘z davlati sha’nini munosib himoya qilishdi.
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
© Minoboroni Uzbekistana
Musobaqa nizomiga ko‘ra jamoalar harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ hududlarida 50 kilometrlik marshrutni bosib o‘tib, 12 ta shart bo‘yicha ko‘rsatilgan meyorlarni mahorat bilan bajarishdi. Harbiylardan jangovar va jismoniy tayyorlarlik, mutaxassis sifatida mahoratni ko‘rsatish talab etildi.
Umumiy natijalarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi ikkinchi, yurtimiz harbiy xizmatchilari esa uchinchi o‘rinni egallashdi.
G‘olib va sovrindorlarga medal hamda xalqaro armiya o‘yinlarining esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur musobaqada O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi bor ishtirok etib, o‘tgan yilgi natijani saqlab qolishdi.
Uzbekskie voyennie dostoyno vistupili na "Sayanskom marshe"
© Minoboroni Uzbekistana