“Jit zdorovo” ko‘rsatuvi teleboshlovchisi Yelena Malisheva qizil piyoz, sabzi va petrushkaning foydali jihatlari haqida so‘zlab berdi.
Shifokorning aytishicha, qizil piyoz tarkibida flavonoidlar bo‘lib, antioksidant xususiyatga ega. Antioksidantlar miyaga zararli moddalarning yetib borishidan saqlaydi, Alsgeymer kasalligi paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
“Flavonoidlar bo‘yicha qizil piyoz- chempion”, - deydi shifokor.
Quritilgan sabzi kletchatkaga boy. U xolesterinning ichakda so‘rilishini kamaytiradi. Petrushka tarkibida esa kaliy ko‘p. Ko‘kat qon bosimini tushiradi.
Ushbu sabzavotlarni tez-tez, zarur bo‘lsa, har kuni iste’mol qilish salomatlikni yaxshilab, umrni uzaytiradi.