TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi 25 ta davlatdan Ukrainaga qurol yetkazib berilgani haqida ma’lumot oldi, deb xabar qilmoqda qo‘mitasi matbuot xizmati.
"Tekshiruv davomida 25 ta davlatdan qurol yetkazib berilgani haqida ma’lumot olindi, ulardan 21 tasi NATOga a’zo davlatlar”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, xorijlik harbiy instruktorlar Ukraina armiyasi va millatchi bo‘linmalarini jangovar harakatlarga tayyorlashda faol ishtirok etgan.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov so‘nggi bir yarim oy ichida Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 1,65 milliard dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib berganini ma’lum qilgandi.
Pentagon va G‘arb davlatlari Ukrainaga kuniga 8-10ta parvozlar bilan va “deyarli doimiy ravishda avtokarvonlar” yordamida qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqida xabar berdi.
Bundan tashqari, Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, AQSh Rossiyadan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga aralashish urinishlarini qayd etmagan.