Oqsillar, vitaminlar va foydali yog‘lar sabab tuxum eng foydali mahsulot sanaladi. Biroq, agar uni noto‘g‘ri usullarda pishirsangiz, undan faqat zararlanish mumkin. RIA Novosti parhezshunoslarning bu xususida tavsiyalarini e’lon qildi.
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, tuxumning organizm uchun qanchalik foydali bo‘lishi uni qanday holda iste’mol qilishga, ya’ni tayyorlashga bog‘liq. Agar tuxum uzoq vaqt qaynatilsa yoki toblansa, oqsillarni hazm qilish jarayoni oson kechadi, biroq, bir qancha foydali moddalar yo‘qoladi. Tuxumni baland olovda pishirish lozim. Shunda u foydali vitaminlarni o‘zida saqlab qoladi.
Biroq, bu usul yurak muammolari bo‘lgan insonlarga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki tez pishirilganda xolesterin oksidlanadi. Bunda faqatgina tuxumni qattiq holgacha qaynatish yoki pashot usulida tayyorlash mumkin: ya’ni tuxum sarig‘i yarimtayyor bo‘lib, suyuq holda iste’mol qilinadi.
Omletni sevuvchilar esa tuxumni sutsiz va shakarsiz, sabzavotlar qo‘shib tayyorlashi kerak. Shuningdek, parhezshunoslar, skovorodada, yog‘siz qovurilgan tuxumni ham foydali deb hisoblashadi.
Odatda ko‘pchilik tuxumni qaynatish uchun, avval olovda qaynab turgan suvga soladi. Bunda tuxum yashil rangga kiradi. Bu usul noto‘g‘ri. Tuxumning qaynatilganda yao‘shir rangga kirish temir moddasi sulfadi bo‘lib, ichak yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, tuxum va suv birga qaynaganda yaxshi tayyorlanadi.