Bu qiziq

Parhezshunos qanday nonushta qonda shakarni kamaytirishini aytdi

Eat This, Not That: qonda shakarni kamaytiruvchi eng yaxshi nonushta bu- yogurt va tuxum.
Sputnik
Parhezshunos Liza Yanggning ta’kidlashicha, nonushtada oqsil, uglevod, kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qilish shart. Bu haqida Eat This, Not That nashri ma’lum qildi.
Mutaxassis oqsilga boy mahsulotlardan yogurt, sut va tuxumni tavsiya qilgan. Uglevodlar va kletchatkalar esa non, meva-sabzavotlarda ko‘p.
“Oqsil uglevodlar va kletchatka bilan uyg‘unlikda qonda shakarning ko‘payishini oldini oladi. Oqsilning o‘zi glyukoza ko‘payishini oldini oladi. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlar to‘yinganlik hissini beradi va bunday nonushtadan so‘ng ochlikni his qilmaysiz”, - deydi shifokor.
Diabetes Care tadqiqotlarida keltirilishicha, uglevodlardan oldin oqsilli oziq-ovqat va sabzavotlarni iste’mol qilish glyukozani 37% ga va 2-toifa diabet va semizlik bilan og‘rigan bemorlarda insulin ishlab chiqarishni kamaytiradi.