TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Ruminiyaning Tirgu-Muresh shahrida 5-9 aprel kunlari boks bo‘yicha “Golden Belt” seriyasiga kiruvchi "Nikolae Linka" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
Jahonning 13 mamlakatidan sportchilar ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi. Uchta vazn toifasida finalda o‘zbekistonlik bokschilar o‘zaro ringga ko‘tarilishdi.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbek bokschilari:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-80 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yuldashev
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-80 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov
Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O‘ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O‘ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruhbek Kenjayev
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shoxruhbek Kenjayev