TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonda Qirg‘izistonning Favqulodda va muxtor elchisi etib Musa Jamanboyevni tayinladi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar qilmoqda.
Musa Jamanboyev 43 yoshda, 2000-yilda Bishkek gumanitar universitetining sharqshunoslik va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlab, Tashqi ishlar vazirligi tizimi, parlament, hukumat va Prezident apparatlarida turli lavozimlarda ishlagan. 2021-yil may oyidan buyon davlat rahbarining protokol xizmatini boshqarib kelayotgan edi.
Musa Jamanboyev 2018-2022 yillarda Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini boshqargan Ibrohim Junusov o‘rnini egallaydi, deyilgan xabarda.