TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Kramatorsk shahriga ikkita "Tochka-U" raketasi bilan hujum qildi. Zarbalar tinch aholi obyektlariga berildi, qurbonlar soni 30dan ortiq, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Bastrikin OAVga ma’lum qilishiga ko‘ra, bu Ukraina harbiylari tomonidan uyushtirilgan provokatsiya.
"Ular daslab Kramatorsk, Konstantinovka va Slavansk shaharlarida aholi evakuatsiyasini e’lon qilishgan. Odamlar shaharni tark etish uchun temiryo‘l bekatlari va vokzalga to‘planganida raketalar uchib kelgan. 30ga yaqin odam qurbon bo‘lgan", - dedi Bastrikin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarba ikkita "Tochka-u" raketasi yordamida berilgan. Zarbadan so‘ng eka Ukraina Qurolli kuchlari ushbu fojeada Rossiya harbiylarini aybdor deb e’lon qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Tochka-U" eskirgan qurol hisoblanadi. Ustiga-ustak, xalqaro huquq normalariga ko‘ra, kassetali portlovchi modda o‘rnatish mumkin bo‘lgan qurollar xalqaro konvensiyalar bilan ham ta’qiqlangan. Rossiya DXR va LXR Qurolli kuchlarida bunday raketalar yo‘q. Lekin Ukraina armiyasida SSSR parchalanib ketgan vaqtida 800ga yaqin ana shunday raketalar qolgan. Ulardan qanchasi yaroqli va qanchasi yaroqsiz ekani noma’lum. Shuningdek, ukrain harbiylari ushbu raketalarni modernizatsiya qilgani haqida oldin ham xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, 14-mart kuni Ukraina Qurolli kuchlari Donesk shahriga "Tochka-U" raketasi yordamida zarba bergan edi. O‘shanda 20 nafar tinch aholi vakillari qurbon bo‘lgan edi.