Pishloq juda foydali mahsulot, biroq uni har kuni tanovul qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Sputnik radiosi bu haqida mutaxassisning fikrini ma’lum qildi.
Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Bobrovskiyning aytishicha, pishloq har kuni iste’mol qilinadigan mahsulot emas. Ko‘p miqdorda u ateroskleroz (yirik qon tomirlarining zararlanishi bilan bog‘liq surunkali kasallik), yuqori qon bosimi va boshqa yurak qon-tomir kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.
“Ushbu sut mahsulotini har kuni iste’mol qilib bo‘lmaydi. Chunki u yuqori kaloriyali va tarkibida zararli yog‘lar va xolesterin bor”, - deydi shifokor. Ba’zi pishloq turida tuz ko‘p.
“Kunda 100-150 gramm pishloq salomatlik uchun zararli emas. Mahsulot- oqsil, aminokislotalarga boy. Pishloq oqsilining hazm bo‘lishi yaxshi. Bu modda tufayli immunitet mustahkamlanadi, organizm barcha a’zolarining to‘g‘ri ishlashini rag‘batlantiradi. Chunki oqsil tanamizning asosiy qurilish materiali”, - deydi parhezshunos.