Parhezshunos va endokrinolog Polina Koroleva aytishiga ko‘ra, tez tayyor bo‘ladigan lapshaning salomatlikka salbiy ta’siri bor. Bu haqida “Gazeta.Ru” nashri ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, mahsulotni qadoqlagan holda qaynatish noto‘g‘ri.
“Qadoqning qizishi turli zaharli moddalarning ajralib chiqiliga bu esa o‘z navbatida xavfli o‘simtalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ushbu mahsulotni kattalar haftada bir marta, bolalar esa oyda bir marta iste’mol qilgani ma’qul”.
Endokrinologning qo‘shimcha qilishicha, lapshani shisha yoki keramik idishdan iste’mol qilish lozim. Oshqozon-ichak trakti kasalliklari, semizlik, qandli diabetda lapsha iste’mol qilish mumkin emas. Yoki paketchadagi maxsus qo‘shimchalarsiz iste’mol qilish kerak.