Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti va Vengriya bosh vaziriga tabrik yo‘lladi

Aleksandr Vuchich ikkinchi muddatga Serbiya prezidenti etib saylandi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban rahbarlik qilayotgan partiya parlament saylovida g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga u rahbarlik qilayotgan partiya parlament saylovida g‘alaba qozongani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston rahbari Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan qutladi.
3 aprel kuni Vengriyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning amaldagi hukumat rahbari Viktor Orban boshchiligidagi Fides - Vengriya fuqarolar ittifoqi alyansi g‘alaba qozondi. Ular parlamentdagi 135 o‘ringa ega bo‘lishgan.
Shu kuni Serbiyada prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vuchich g‘alaba qozondi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Vuchich nomzodini yoqlab saylovchilarning 58 foizdan ziyodi ovoz bergan.