TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar o‘limiga bog‘liq har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskov Rossiya Buchadagi vaziyat eng yuqorida darajada muhokama qilinishi tarafdori ekanini ta’kidladi.
“Biz bu mavzu eng yuqorida darajada muhokama qilishini kerak deb hisoblaymiz, shu bois bu mavzuni BMT Xavfsizlik kengashida ko‘rib chiqish tashabbusini bildirdik. Bu tashabbus bloklanganini bilamiz”, - dedi Kreml vakili. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Peskov Ukraina tomonidan tarqatilgan video materiallarga ishonmaslik zarurligini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi mutaxassislari unda soxtakorlik izlarini aniqlashgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi ig‘vo deb atagan edi.
Ta’kidlanishicha, bu punktning Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidan bo‘lgan davrda hech bir mahalliy aholi biror bir zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan. Rossiya harbiylari bu shaharni 30-mart kuni tark etishgan – Moskva va Kiyevning Istanbuldagi muzokaralaridan bir kun o‘tib.
Qolaversa, 31-mart kuni Bucha shahri meri Anatoliy Fodoruk o‘zining videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yo‘qligini tasdiqlagan. Qolaversa, ko‘chalarda qo‘llari bog‘liq aholi otib o‘ldirgani haqida hech nima demagan. Buchadagi “jinoyatlar guvohliklari” deb ataluvchi bu narsalar to‘rtinchi kunga kelib, shaharga UXX va Ukraina televideniyesi vakillari kelgan paytda paydo bo‘lgani ajablanarli emas.
Qayd etilishicha, Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan bu odamlar tanalari kamida to‘rt kun o‘tib qotib qolmagan, murdaga xos dog‘larga ega emas, ular jarohatlaridagi qon ivib qolmagan.
“Buning hammasi Buchadagi bu foto va video kadrlar Kiyev rejimining Mariupoldagi tug‘ruqxona hamda boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi G‘arb OAVlari uchun navbatdagi uyushtirgan sahnasi ekanini rad qilib bo‘lmas darajada isbotlaydi”, - deyilgandi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlik shaharning janub tomonlari doimiy ravishda Ukraina tomonidan o‘qqa tutib kelinganini eslatgan edi.