TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati milodiy 2022 (hijriy 1443) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qildi.
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori
© Foto: fatvo.uz
Unga ko‘ra, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m deb belgilandi. 34 million so‘m va undan ortiq ega bo‘lgan kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, zakot niyatida beradi.
Fitr sadaqasi miqdori esa quyidagicha:
bug‘doydan 2 kg — 10 000 (o‘n ming) so‘m;
arpadan 4 kg — 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) so‘m;
xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmish ming) so‘m deb belgilandi.
Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori — bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida hisoblanadi. Bugungi kunda bu o‘rtacha 25 ming so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.