TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Afg‘onistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati butun mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda toliblar rasmiy vakili Bilol Karimiy ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
“Barcha afg‘onlarga endi mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirish qat’iyan taqiqlanganini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
“Tolibon”* oliy yetakchisining bu buyrug‘iga amal qilmaganlarni shariat qonun-qoidalariga ko‘ra jazolashadi, aniqlangan hosil zudlik bilan nest-nobud qilinadi.
Bundan tashqari, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan dori vositalari va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tashish, sotish, eksport va import qilish ham taqiqlangan.
Avvalroq muvaffaq hukumatning sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdul Bari Umar Afg‘onistonda har kuni aholining o‘n foizi giyohvand moddalarini iste’mol qilishini ma’lum qilgan edi.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan ko‘knor (opium)ning 85 foizi Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2020-yilda ko‘knor yetishtirishga mo‘ljallangan yerlar maydoni 2019-yilga qaraganda 37 foizga ko‘paygan.
2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qo‘yganlarga soni 2,4 million kishi atrofida bo‘lgan.
Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi
Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.