Tez tayyor bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘pchiligi salomatlik uchun hech qanday foyda keltirmaydi, deydi parhezshunos Margarita Kus RIA Novostiga.
Tez tayyor bo‘ladigan suli bo‘tqasi
Suli bo‘tqasining yuqori glikemik indeksi insulinni chiqarib tashlaydi. Bo‘tqa tarkibidagi shakar va turli xil xushbo‘ylantiruvchi qo‘shimchalar qonda shakar miqdorining ko‘payishiga olib keladi.
Krab tayoqchalari
Oq baliq filesidan tayyorlangan surimi rostdan ham foydali. Biroq, mashhur markalar tayoqchalari tarkibida ham surimi kam yoki umuman bo‘lmaydi. Tayoqchalarni ishlab chiqarishda baliq qiymasi o‘rniga kraxmal yoki turli kimoviy qo‘shimchalar qo‘shishga harakat qilishadi. Bunda mahsulot umuman foydasiz holga keladi.
Tez tayyor bo‘ladigan kartofel puresi va shunday sho‘rvalar
Kartoshka yormalari organizmni hech narsa bilan to‘yintirmaydi. Ular tarkibida metabolizmni yaxshilaydigan moddalar yo‘q.
Tez tayyor bo‘ladigan sho‘rva va bulonlar poroshoklari va konsentratlari va tayyor mahsulotlarini ham ratsiondan chiqarib tashlagan ma’qul. Uyda o‘zingiz tayyorlagan sho‘rva va bulon foydalidir.
Fitnes- batonchiklar
Supermarket rastalarida uchrab turadigan fitnes-batonchiklari yordamida ozib bo‘lmaydi. Shifokorlar ushbu mahsulotni aslo tavsiya qilmaydilar. Yengil ovqatlanishda batonchik o‘rniga meva iste’mol qilgan ma’qul.