TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Martning so‘nggi kunida Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi. Bu haqida "UzAuto Motors" AJ xabar bermoqda.
“"UzAuto Motors" Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Kompaniyaning fikricha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari so‘nggi yillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afg‘oniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini ko‘rsatgan.
Ta’kidlanishicha, doimiy o‘zgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida yengil avtomobillar ichida “Spark” eng kam - 567 dona ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi.
O‘tgan yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Shundan 1,9 mlnga teng avtomobillar Rossiyaga yetkazib berilgan.