Bulg‘or qalampiri juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega. Bu haqida "InoSMI" nashri "Yahoo News Japan" xabariga tayangan holda ma’lum qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, shirin bulg‘or qashlampiri tarkibida xlorofill bo‘lib, u antioksidant vosita hisoblanadi va immunitetni ham mustahkamlaydi. Qon tomirlarining tiqilib qolishini oldini oladi, shu bilan xolesterin miqdorining kamayishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, tozalovchi xususiyati ham bor.
Xususan, qalampirda qonni suyultirishga yordam beruvchi pirazin moddasi mavjud. Bu modda tufayli tromblar paydo bo‘lish xavfi kamayadi, yurak-qon-tomir tizimlari kasalliklari kelib chiqishi oldini oladi. Pirazin moddasi kaliyga boy bo‘lgan urug‘lar tarkibida ham bor.
C vitamini miqdori bulg‘or qalampirida va limonda ham bir xil bo‘lib, issiqlikda ishlov berilganda R vitamini tufayli bulg‘or qalampirida ushbu foydali vitamin yo‘qolmaydi. Askorbin kislotasi terini oqartiradi, quyoshdan kuyishni oldini oladi va kollagen ishlab chiqishga yordam beradi.