TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiya va Hindiston SWIFT o‘rnini bosuvchi xalqaro hisob-kitoblar ma’lumotlarini yetkazib beruvchi plaftormani yaratdi, deb yozmoqda “Economic Times” gazetasi.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning VEB.RF banki va Hindiston zaxira banki o‘zaro hisob-kitoblarda xalqaro pul o‘tkazmalari uchun alohida tizim ishlab chiqqan.
Yangi tizim bir hafta ichida ishga tushishi, bu esa import yoki eksport kelishuvlarini rubl yoki rupiyada amalga oshirish imkoniyatini berishi aytilgan.
Yangi to‘lov tizimini Hindiston zaxira banki va VEB.RF bosh ofislarida o‘rnatiladi.