“UzAirways” Namangan-Olmaota muntazam aviaqatnovini yo‘lga qo‘yadi

Yangi xalqaro yo‘nalishi 30-martdan boshlanadi. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 30-martdan boshlab Namangan – Olmaota – Namangan yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi yo‘nalish "Sharqiy" xab loyihasi doirasida ochilmoqda. Parvozlar haftada ikki marta: chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Qozog‘istonning “FlyArystan” aviakompaniyasi 1-mart kuni ilk marotaba Olmaota – Namangan yo‘nalishida aviaqatnovni amalga oshirgan edi.