LXRda Rossiya tarkibiga kirishga oid referendum bo‘lib o‘tishi mumkin - Pasechnik

Lugansk xalq respublikasi rahbari Leonid Pasechnik respublikada Rossiya tarkibiga kirishga oid referendum bo‘lib o‘tishi mumkinligini inkor qilmadi.
Sputnik
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Yaqin kunlarda Lugansk xalq respublikasida (LXR) Rossiya tarkibiga kirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan referendum bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda LXR rahbari Leonid Pasechnik ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, yaqin kunlarda respublika hududida unda xalq o‘zining konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish yuzasidan o‘z fikrini bildiradigan referendum o‘tkaziladi”, - dedi Pasechnik chet ellik jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Donbassdagi vaziyat 17-fevralda keskinlashdi. Donesk va Lugansk so‘nggi kunlarda Ukraina tomonidan o‘qqa tutishlar jadallashganini ma’lum qildi va va ular rahbarlari Rossiya prezidentiga ularni tan olishni so‘rab murojaat qilishdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni LXR va DXR mustaqilligini tan oldi, ular rahbarlari bilan do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam shartnomalarini imzoladi. Rossiya respublikalarni ular konstitutsiyalarida belgilangan chegaralarigacha tan oldi.
24 fevral kuni Putin Donbass respublikalari rahbarlari murojaatlariga javoban maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi. LXR va DXR Kiyev nazorati ostida bo‘lgan o‘z hududlarini ozod qilishni boshladi.