TOShKENT, 25 mar - Sputnik. DXX Namanganda “Kalashnikov” avtomatini sotmoqchi bo‘lgan muqaddam sudlangan shaxsni qo‘lga oldi.
Namangan viloyati DXX va bojxona xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. Namangan shahrida "Kalashnikov" avtomati va o‘qdonlarini sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
V Namangane zaderjali prodavsa "Kalashnikova"
© Tamojnya Uzbekistana
Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan muqaddam Jinoyat Kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 182- (Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) moddalari bilan sudlangan fuqaro A.O. Qirg‘izistonning Jalolobod oblasti Ola-buqa rayoniga borib, jinoiy sherigidan 1 dona "AKS-74" jangovor o‘qotar quroli, 3 dona o‘qdon va 43 dona patron oladi hamda kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston hududiga olib kelgan.
Ayni damda ushbu shaxsga nisbatan DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi Jinoyat Kodeksining 246 (Kontrabanda) va 248 (Qurol, o‘q-dori va porttlovchi moddalarga noqonuniy egalik qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.