TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda YPX xodimi tasvirini uning ruxsatisiz tarqatish taqiqlanishi mumkin. IIV tegishli nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Hujjat bilan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizom 19-bandining oltinchi xatboshisini to‘ldirish taklif qilinmoqda.
YPX xodimining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holatda olingan foto va video tasvirlarini uning ruxsatisiz internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirmaslik.
Qaror loyihasi muhokamasi 29-martga qadar davom etadi.