TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish Rossiya armiyasi va alyans kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbari Polsha rasmiylari u yerga qo‘shinlarni jo‘natish zarurligi haqida bot-bot takrorlab kelayotgani eslatdi.
“Umid qilamanki, ular nima haqida gapirayotishganini tushunishadi. Bu ko‘pchilik nafaqat yo‘l qo‘ymaslik, balki umuman bo‘lmasligini aytayotgan o‘sha Rossiya va NATO qurolli kuchlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi bo‘ladi”, - dedi Lavrov.
Shu bilan birga Rossiya vaziri Polsha Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini jo‘natishni taklif qilib, Lvovda shtab-kvartira ochishni xohlab, keyin u yerda qolishni istayotgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiy Ukraina o‘z hududiga “istagan kishisini”, jumladan, NATO tinchlikparvarlarini taklif qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan edi.
16 mart kuni esa Polsha bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Polshaning “Qonun va adolat” hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy Ukrainaga NATOning tinchlikparvar kuchlarini yuborishni taklif qilgan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.