Toshkentda nogironligi bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Markazning asosiy maqsadi nogiron vatandoshlar va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlarini o‘tkazishdan iborat.
Sputnik
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Nogironlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi. Markaz Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan.
Markazining asosiy vazifalari:
inklyuziv turizmni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko‘maklashish;
ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
turistik obyektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish;
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog‘istonda qulay turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish;
vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish.
Turizm va madaniy meros vazirligi Ijtimoiy turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Sayohat barcha uchun" loyihasi doirasida 50 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro uchun Samarqand va Buxoro shaharlariga ikki kunlik turistik sayohatlar tashkil etgan. 2022-yil davomida mazkur loyiha doirasida 200 kishining Samarqand shahriga sayohatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Turistlar uchun sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi grant mablag‘lari, 50 foizi esa xayriya mablag‘lari hisobidan qoplanishi taxmin qilinmoqda.
Markaz "Toshkent-24" uyidagi "Navro‘z" etnoparkida joylashgan.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bir xil nafaqa to‘lanadi