TOShKENT, 18mar — Sputnik. 1 apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu xaqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar bermoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Qazaqstan temir joli” MK” AJ bilan kelishilgan holda shu yili Qozog‘iston Respublikasiga birinchi yo‘lovchi poyezd harakati tashkil etadi.
Nukus — Beyneu — Nukus yo‘nalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi kunlari:
“Nukus” vokzalidan - haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari.
“Beyneu” stansiyasidan -har dushanba, chorshanba va shanba kunlari.
Aytilishicha, boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezd qatnovlari to‘xtatilgan edi. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Miskin - Nukus - Beyneu yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi 2019-yilda yo‘lga qo‘yilgan. Poyezd Nazarxon, Kaybakli, Qorao‘zak, Baday, Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l stansiyalarida to‘xtab o‘tgan.