Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 11 o‘zbekistonlikka qarshi jinoiy ish ochilgan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilikda gumon qilinishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Qozog‘istonda yanvar voqealaridan keyin 19 nafar chet ellik fuqarolarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasining jinoiy ta’qib xizmati boshlig‘i Serik Shalabayev ma’lum qildi.
“Jinoiy ish yuritishida 19 nafar xorijlik bor. Ular orasidagi 11 nafari O‘zbekiston fuqarolari, to‘rt nafari Rossiya, ikki nafari Qirg‘iziston va bir nafardan Xitoy va Tojikiston fuqarolari”, - dedi Shalabayev parlamentning quyi palatasidagi yig‘ilishda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ularning harakatlari ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish va o‘g‘rilik faktlari bo‘yicha baholanmoqda.
“Hali tergov olib borilmoqda, o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi u.
2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi, ular qatnashchilari politsiya va harbiylarga hujum qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atab, KXShTga yordam so‘rab murojaat qildi. 7-yanvarga kelib vaziyatni izga solishga erishildi, 19-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealar natijasida 230 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan.