TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Kiyevdan Lvov shahriga ko‘chirildi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Bildirilishicha, elchixona diplomatlari muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirishmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan.
Hukumat 28-fevraldan 10-martga qadar 25 ta aviareys tashkillashtirb, Ukraina hududlardan 5 634 nafar o‘zbekistonlikni vatanga qaytargan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukraina harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish va uni millatchilik g‘oyalaridan tozalash uchun maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar faqat harbiy obyektlar va ukrain qo‘shinlariga berilmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bor.