Jizzaxdagi dahshatli YTHda sakkiz kishi qurbon bo‘ldi - foto

Dashtobod – Zomin – Supa – Baxmal – G‘allaorol yo‘lida “Kia K5”va “Nexia 2” to‘qnashgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan o‘tuvchi yo‘lda ayanchli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Viloyat IIB axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, YTH 13-mart kuni Dashtobod – Zomin – Supa – Baxmal – G‘allaorol 4R-40 yo‘lining 2-kilometrida “Kia K5”va “Nexia2” to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida 2 kishi voqea joyida vafot etgan. Yana 6 kishi shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
“Kia K5” haydovchisi I.A. Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Jinoyat kodeksining “Odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoiy ish ochilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
1 / 3
V DTP s uchastiyem KIA i Nexia pogibli 8 chelovek
2 / 3
V DTP s uchastiyem KIA i Nexia pogibli 8 chelovek
3 / 3
V DTP s uchastiyem KIA i Nexia pogibli 8 chelovek