TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Vengriya parlamenti payshanba, 10-mart kuni, oila, yoshlar va xalqaro munosabat ishlari bo‘yicha vazir Katalin Novakni davlat rahbari etib sayladi.
Novak bu lavozimga saylangan ilk ayol bo‘ldi. Uning nomzodini yoqlab 199 deputatdan 137 tasi ovoz berdi. Ovoz berish jarayoni Vengriyaning M1kanalida efirga uzatildi.
Katalin Novakning saylovdagi raqibi muxolifat partiyadan bo‘lgan 80 yoshli iqtisodchi Peter Rona edi.
Vengriya prezidenti Milliy yig‘ilish tomonidan 5-yil muddatga saylanadi. 2012-yildan buyon bu lavozimni Yanosh Ader egallab kelayotgan edi.