TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Toshkentdan Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga qo‘shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bu reyslar yo‘lovchilar orasida talab ortgani sabab yo‘lga qo‘yilmoqda.
Toshkent—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reyslar 9-martdan 14-martgacha tashkil etiladi. Toshkent—Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar esa 11, 13 va 14-mart kunlari bajariladi.
Avvalroq aviakompaniya Toshkent-Yekaterinburg va Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha ham qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.
Kuni kecha "Uzbekistan Airways” O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi reyslar jadvalga muvofiq, uzulishlarsiz amalga oshirilishi, xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilgan edi.