TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi O‘zbekiston va Armaniston xalqaro yo‘nalishlarida "SSJ100" samolyotlari orqali parvozlarni davom ettirishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Biz xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni davom ettiramiz. Moskva, Yekaterinburg, Maxachqal’a, Samara va Sochidan reyslar Armaniston (Yerevan, Gumri) va O‘zbekistonning yirik shaharlariga jadval bo‘yicha jo‘naydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.