Serbiyada Rossiyani qo‘llab-quvvatchilarning katta mitingi bo‘lib o‘tdi – video

Serbiyada Rossiyaning Ukrainani millatchilardan tozalashga qaratilgan maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlovchilar mitingga chiqishdi.
Sputnik
Belgrad ko‘chalariga minglab kishilar Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mitingga chiqishdi. Faollar shahar markazida Nikolay II ning haykali yonida to‘planishdi.
Ular “Serbiya Rossiya bilan”, “Stop NATO!”, “Rossiya va Serbiya, bizga Yevropa ittifoqi kerak emas”deb qichqirishardi. Shunga o‘xshash yana bir aksiya Chernogoriyada bo‘lib o‘tdi.

Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.