Markaziy Osiyo Rossiyaga avtomobillar yetkazib beradi

BMW, Mercedes, Skoda, Volkswagen va boshqa Yevropa brendlari o‘rniga Rossiya yo‘llarini Osiyo avtomobillari egallaydi - ekspert.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Ukraina voqealari tufayli G‘arb ishlab chiqariuvchilarining Rossiya bozorini ommaviy tark etishi rossiyaliklarni avtomobilsiz qoldirmaydi, deb hisoblaydi Milliy texnologik tashabuslar bozori (NTI) AutoNet ekspertlari.
"BMW, Mercedes-Benz, Skoda, Volkswagen avtomobillari yetkazib berish va ishlab chiqarish cheklanganidan so‘ng, rossiyaliklar Xitoy va Koreya avtomobillaridan foydalanishga o‘tadi. Vaziyat ikki yo‘nalishda rivojlanishi mumkin — optimistik va realistik", — deyishadi tahlilchilar.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, foydalanilgan avtomobillar bozori qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston va O‘zbekiston hisobidan rivojlanishi mumkin. Yangi avtomobillar esa Janubiy Koreya, Xitoy va hatto Hindistondan olib kelinishi mumkin.
"Misol uchun Janubiy Koreya Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Xitoyga kelsak - so‘nggi yil davomida bizning bozorimizda Xitoy avtomobillari ulushi 6,5%ga yetdi. Haval brendi esa - eng yetakchi 10ta brendlar qatoridan o‘rin olgan. Kelajakda bu raqamlar faqat o‘sishi kutilmoqda", — deb hisoblaydi Simble kompaniyasi direktori Stanislav Pushevskiy.
Uning xulosasiga ko‘ra, Rossiya bozorida Xitoy avtomobillari ulushi yaqin vaqt ichida 15%ga yetadi.
O‘zbekiston ham o‘z avtomobil sanoatini ildam rivojlantirib kelmoqda. So‘nggi 4-yil davomida avtomobil ishlab chiqarish hajmi 1,8 raza barobar o‘sgan, ularni eksport qilish esa - 2,7 barobar. Mamlakat ichida esa avtomobilga bo‘lgan talab haligacha yuqori.
2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 160 ming avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan. yil oxiriga qadar 275 mingta.