TOShKENT, 5 mar — Sputnik. “Azov”* milliy batalon jangarilari Mariupoldagi uyni portlatib yuborishdi. Bu haqda Donesk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.
Yerto‘ladagi vayronalar ostida 200 kishi, jumladan, ayollar va bolalar bo‘lishi mumkin.
“Bir necha daqiqa oldin “Azov”* jangarilari ilgari o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirishdi, natijada Meotida xiyoboni 15/20 manzilidagi uy qulab tushdi. Yerto‘ladagi vayronalar ostida 200 kishi qolmoqda, ularning aksariyati ayollar va bolalar”, - dedi u “Perviy kanal” telekanaliga bergan intervyusida.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXR rahbarlarining ular suverenitetini tan olishni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban tegishli farmonlarga imzo chekdi. 24-fevral kuni esa Donbass hududida maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Ushbu maxsus harbiy operatsiyaning maqsadi – Ukrainadagi harbiy infratuzilmani yo‘q qilish va uni millatchilardan tozalash.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida Ukraina hududidagi harbiy obyektlarni yo‘q qilmoqda, shaharlariga, tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
* Rossiyada taqiqlangan ekstremistik tashkilot