Pokiston bilan deyarli 800 million dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida 2021-yilda tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % o‘sish kuzatilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Pokiston poytaxtida 2-mart kuni O‘zbekiston - Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150ka yaqin vakillari ishtirok etdi, deb xabar qildi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forum doirasida “G2B” va “B2B” shaklida bo‘lib o‘tgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida umumiy qiymati 797 million dollar bo‘lgan savdo shartnomalari hamda qo‘shma loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston - Pokiston biznes-forumida ikki mamlakatning vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, yirik kompaniyalar va savdo-sanoat palatalari rahbarlari ishtirok etishdi.
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan
Shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov boshchiligidagi delegatsiyaning Islomobod shahriga tashrif doirasida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Ikki mamlakat yaqin kelajakda O‘zbekiston-Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazadi;
O‘zbekiston va Pokiston 2022-yilga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturini birgalikda ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Pokiston Savdo vazirligi o‘rtasida qo‘shma loyiha ofisi tashkil etiladi;
O‘zbekiston va Pokistonda muntazam ravishda sanoat tarmoq ko‘rgazmalarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 50 %ga oshdi. Yil boshidan buyon esa 70 % o‘sish kuzatilmoqda.
Eslatib tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan Pokistonga boradi. Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibida O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Vizit delegatsii MIVT Uzbekistana v Pakistan