Amerikalik parhezshunos Dana Ellis Xannsning so‘zlariga ko‘ra, olma yoshlikni uzaytirishga va xuddi qahva kabi tetiklik baxsh etish xususiyatiga ega.
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va qarish jarayonini sekinlashtirish uchun nonushtada qahva ichish odatini olma yeyishga o‘zgartirish kerak, deya shifokorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
“Organizmni olma tarkibidagi tabiiy shakar bilan ta’minlash yaxshi natija beradi”, - deydi parhezshunos.
Ta’kidlanishicha, nonushtada har kuni olma iste’mol qilish natijasida organizm uyg‘onish vaqtni belgilab oladi. Bundan tashqari, qahva o‘rniga olma yeyish metabolizmni tezlashtirish uchun energiyani rahbatlantiradi.
“Olma tarkibida to‘qlik hissini beruvchi kletchatka ko‘p. Bundan tashqari, olmada kaloriya kam. Shu bilan birga u mazali meva va tarkibida suv ko‘p”, - deydi Xanns.
Olmada ham xuddi kofeinda bo‘lgani kabi “tetiklik quvvati” bor. Va olma mevasining kofein keltirib chiqaruvchi hissiy qo‘zg‘alishlar, kayfiyat o‘zgarishi, tashvishlanish, hayajonlanish va kuch ketishi kabi salbiy ta’sirlari yo‘q.