TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi mamlakat xalqaro tashuvchilariga yuk avtomobillari haydovchilariga nisbatan taqiq mavjud emasligini oldindan tekshirishni tavsiya qilmoqda.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, bu kabi tavsiya Gruziya—Rossiya chegarasidagi "Yuqori Lars" nazorat-o‘tkazish punktini kesib o‘tishda haydovchilarning Rossiyaga kirishiga ruxsat bermaslik holatlari davom etayotgani sabab berilmoqda.
Bunday harakatlarga chegarani kesib o‘tayotgan haydovchi Rossiya qonunchiligini buzgani, jumladan, turli jarimalarni to‘lamagani uchun deportatsiya qilinganlar ro‘yxatiga kiritilgani sabab bo‘ladi.
Xorijliklar Rossiyaga kirishda taqiq bor yoki yo‘qligini mvd.rf saytida mustaqil va bepul tekshirishlari mumkin.
Quyidagi videoda "zapret” bor yoki yo‘qligini qanday tekshirib ko‘rish mumkinligi batafsil tushuntirilgan.