TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu va qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda ushlab turuvchi kuchlarni alohida shay holatga keltirishga buyruq berdi.
“G‘arb davlatlari nafaqat mamlakatimizga qarshi iqtisodiy sohada dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakatlarni amalga oshirishmoqda, men noqonuniy sanksiyalarni nazarda tutapman, balki NATOga a’zo davlat rahbarlari davlatimizga qarshi agressiv chiqishlar qilishmoqda, - dedi Rossiya yetakchisi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotnomasida strategik ushlab turuvchi kuchlarning vazifasi Rossiya va ittifoqchilariga hujum qilinganda har qanday qurol bilan, jumladan, yadro qurollari bilan zarba berishni ham nazarda tutishi ko‘rsatilgan.