Bu qiziq

Har kuni badantarbiya qilganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi

Har kuni tongda 20 daqiqa badantarbiya qilish nafaqat ortiqcha vazn bilan kurashishga, balki salomatlikda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan jiddiy muammolarni oldini olishga yordam beradi.
Sputnik
Tonggi jismoniy mashqlar bilan aynan qanday muammolarni oldini olishi mumkin? Bu haqida yugurish va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Yevgeniy Shuvakin RIA Novostiga batafsil so‘zlab berdi.

Badantarbiya - sog‘lom suyaklar garovi

40 yoshdan so‘ng inson suyaklari noziklasha boshlaydi. Skelet har doim o‘zgaradi, biroq bu bilinmaydi. Suyaklar to‘qimasida moddalar almashinuvi jarayonlari doimo davom etadi. Kemirchak hujayralari - xondrotsitlar - kollagen (elastiklik uchun mas’ul bo‘lgan biriktiruvchi oqsil) ishlab chiqaradi, ammo bu jarayon yosh o‘tishi bilan sekinlashadi.
“Bu jarayon bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun eng yaxshi usul - jismoniy faollik hisoblanadi, masalan, piyoda yurish, yoga yoki tonggi badantarbiya. Agar bir haftada 150 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, suyaklarda moddalar almashinuvini tezlashtirgan bo‘lasiz. Bu bilan turli xil suyak sinishlaridan va 50 yoshdan so‘ng osteoporozdan o‘zingizni sug‘urtalagan bo‘lasiz. Tanada buzilishlar mushaklarda faollik yo‘qligida paydo bo‘lishi mumkin. Bunda mushaklar noziklashadi va skelet uchun tayanch bo‘lmay qoladi”, - deydi murabbiy.

Ikkinchi yurakka ega bo‘lasiz

Jismoniy faollik vaqtida yurak tezroq uradi: tomirlarga suriladigan qon miqdori oshadi.
“Odatda kaft va to‘piqlari doimo sovuq haroratda bo‘ladigan insonlar uchun badantarbiya juda zarur. Suyakda qon bosimi ko‘tariladi, kapillyarlar faollashadi. Jismoniy faollikdan keyin har bir kapillyarning diametri ikki barobar ortadi. Ya’ni, tana hujayralari ham ikki barobar ko‘p oziqlanish va zarur gormonlarni oladi, - deydi Yevgeniy Shuvakin.

Qondagi shakar miqdorini nazoratga olasiz

Mashg‘ulotlar vaqtida hujayralar insulindan samarali foydalanadi. Bu ortiqcha vazn tufayli qandli diabet kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan insonlarda hattoki kasallik irsiy bo‘lsa ham paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lasiz

“Masalan vazningiz 60 kg bo‘lsa va 20 daqiqa mobaynida juda intensiv bo‘lmagan mashqlar bajarmasangiz ham taxminan 80-90 kilokaloriy yo‘qotasiz. Bu ko‘p emas, biroq bu tufayli metabolizm tezlashadi va kun davomida tana ko‘proq energiya sarflaydi”, - deydi murabbiy.
Murabbiyning ma’lum qilishicha, 21 kun uzluksiz jismoniy faollik bilan shug‘ullanganda tonggi badantarbiya har kungi odatga aylanadi.
“Besh soat yoki undan ortiq vaqt mobaynida faqat o‘tirgan holda ishlashda gipodinamiya rivojlanadi. Bu faqatgina mushaklar atrofiyasi emas, balki kompleks holat bo‘lib, tushkunlik, charchoq hissi kabi oqibatlari bilan xavflidir. Bunda hatto dam olish ham ta’sir qilmaydi. Ishchanlik qobiliyati pasayadi, ishtaha yo‘qoladi yoki aksincha inson qancha ko‘p yesa ham to‘ymaydi. Shuning uchun ham 15-20 daqiqa bo‘lsa ham tongda badantarbiya qilish zarur. Badantarbiya tetiklik quvvatini beradi, endorfinlar (quvonch gormoni) miqdorini ko‘paytiradi va harakat qilishga xohishni rag‘batlantiradi”, - deydi Yevgeniy Shubakin.