TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, 100 foiz ustama to‘lanishini ma’lum qildi.
“Agar Toshkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpog‘istonga kelib ishlasa, ularning oylik maoshiga 100 foiz ustama haq to‘laymiz. Agar Mo‘ynoqqa kelib ishlaca, ustama ikki baravar bo‘ladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqqa tashrifi davomida.
Davlat rahbari bu yo‘nalishda qaror ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev uch kunlik tashrif bilan Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani xabar qilingan edi. Birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa uchdi.